(To‘xtamishxon mendan yengilib) Jo‘chi ulusini talon-torojga tashlab, o‘zi qochgan edi. Keyinroq mening yo‘kdigimdan foydalanib, Darband[1] va Shirvon orqali Ozarbayjonga ko‘p sonli lashkar yuborib, fitnayu fasod ko‘tardi. Bu vaqtda men har ikkala Iroqni ham endigina zabt etib bo‘lgandim. To‘xtamishxonni yo‘qotish uchun behisob lashkar bilan Darband yo‘li orqali yana Dashti Qipchoqqa yurishni maslahat ko‘rdim.
Yurish oldidan ko‘rik qilib, lashkarim qaergacha borib yetishini bilmoqchi bo‘ldim. Qarasam, to‘rt farsang masofada lashkarlarim saf tortib turardi. Tangri taologa shukr keltirdim. So‘ng Samur suvidan[2] o‘tib, Dashti qipchoqning elu ulusiga ushbu mazmunda yorliqlar yo‘lladim: «Kimki menga kelib qo‘shilsa, ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi».
Hijriy 797 (milodiy 1394–95) yili Dashti qipchoqqa kirdim va uzoq shimolida yastanib yotgan yerlarigacha bordim[3]. Menga qarshi bo‘lgan Jo‘chi el-ulusini bo‘ysundirib, o‘zimga tobe’ etdim. Beshinchi va oltinchi ikdim[4] viloyatlari, uluslari, qal’alarini zabt etib, g‘alabayu zafar quchib ortimga qaytdim.
[1] Darband–Kaspiy dengizining chap sohilidagi tarixiy shahar, asrlar davomida u yerda joylashgan mudofaa inshootlari va qal’a muhim chegara punkti va Kaspiy dengizidagi katta bandarlardan biri bo‘lib hisoblangan.
[2] Samur suvi–Dog‘iston va Ozarbayjon chegarasidagi daryocha, Kaspiyga quyiladi. ( –А.А.)
[3] Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi bu urush 1395 yil 17 aprelda Terek daryosi bo‘yidagi vodiyda bo‘lgan va Sohibqironning g‘alabasi bilan yakunlangan. Shundan keyin Amir Temur, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»larida keltirilishicha, Dashti qipchoqqa qarashli qator viloyat va shaharlarni, Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy Berkani egallagan, Moskvagacha borgan. (–А.А.)
[4] Yetti iqlim tushunchasi fanda ilk bor Muqammad al-Xorazmiy tomonidan muomalaga kiritilgan. Xorazm, Movarounnahr, Farg‘ona, Dashti qipchoq yerlari beshinchi va oltinchi iqlimlardan joy olgan. (–А.А.)
Amir Temur san’atni yuksak qadrlar edi. Uning o‘zi badiiy asarlar majmuasiga ega edi. Turli toifadagi mashshoqlar, suxandonlar, xaykaltaroshlar. bog‘bonlar, rassomlar jahonning har xil davlatlaridan Amir Temur saroyiga to‘plangan edilar. (Xilda Xukxem)