Xuroson mamlakati bo‘ysundirilgandan keyin amirlarim yuqorida eslatilgan uch mamlakatga lashkar yuboraylik, deb maslahat berdilar. Men dedimki: «Agar lashkarlarning o‘zi bilangina ish bitmasachi? Unda o‘zim borishim kerak bo‘ladi. Mening esa mo‘ljallab qo‘ygan boshqa ishlarim ko‘p».
Maslahatni shunday deb bildimki, o‘sha diyorlar hokimlarini o‘zimga og‘dirib olish uchun: «Agar menga qo‘shilsanglar (qutulasizlar), kurashsanglar yiqilasizlar. U holda takdiringizda nima bo‘lsa, o‘shani ko‘rasizlar», –degan mazmunda yorlig‘lar yo‘lladim. Bu tadbirim takdirga to‘g‘ri keldi. YOrlig‘larim ularga yetishi bilanoq itoat boshlarini bo‘ysunish maqomiga qo‘ydilar[1].
[1] Bu voqea 1383 yili ro‘y bergan.
Amir Temur va uning avlodlari davrida "Kitoblar uylari" ("Dor ul-kutub") mavjud bo‘lib, ular yilma-yil noyob asarlar bilan to‘ldirib borilgan. Afsuski, XVII - XIX asrlardagi bosqinlar, mustamlakachilik oqibatida bu kitoblar jahonning turli burchaklariga olib ketildi. Hozirda ota-bobolarimizning, ayniqsa temuriylar davrining noyob durdona qo‘lyozmalari dunyoning eng mashhur muzeylarini bezab turibdi. (To‘lqin Hayit "Amir Temur xazinasi")